TISU delegatsiyasi Yaponiyada

Date:

Tashkil etilganiga endigina bir yil bo‘layotgan nodavlat oliygoh — Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rahbariyati, jamoasi tinib-tinchigani yo‘q. Yetuk va malakali kadrlarni yetishtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan. Xalqaro hamkorlik aloqalariga, tajriba almashinuviga katta e’tibor qaratgan.
Ayni maqsadlarni ko‘zlagan holda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi ayni paytda Yaponiya davlatida bo‘lib, u yerdagi WASEDA universitetida amaliy uchrashuv o‘tkazdilar. Universitet professorlari Atsushi Ogihara va Shoji Nishimura bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda TISUning Yaponiyadagi mazkur universitet bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, xalqaro iqtisodiyot, turizm, tibbiyotda va oliy ta’limda zamonaviy texnologiyalarga oid hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi masalalar bo‘yicha kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun