“Millat bayrog‘i” shiori ostida…

Date:

Sherobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Aholi dam olish sayilgohi”da soha xodimlari va yoshlar ishtirokida “Millat bayrog‘i” shiori ostida chelenj o‘tkazildi.
Yoshlarning qo‘lida bayrog‘imiz bilan ko‘chalarni kezib, o‘z safdoshlari sonini kengaytirishga harakat qildilar va buning uddasidan chiqdilar. Ko‘chalarda mashinalarning bayrog‘imizni hilpiratib o‘tishlari ham eng yaxshi targ‘ibor bo‘ldi. Jarayonni ko‘rgan-u kuzatganlar qalbida bayrog‘imiz orqali shu vatanga bo‘lgan muhabbatlari yanada alanga oldi, insoniylik, vatanparvarlik hislari ug‘onishiga xizmat qildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shu edi aslida. Ya’ni aholi, ayniqsa, yoshlarni davlatimiz ramzlariga bo‘lgan hurmat-eʼtiborni oshirish, harbiylik kasbiga mehr uyg‘otish, ularning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, xalqimiz tinchligiga masʼullik tuyg‘ularini chuqur singdirishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun