DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHDI

Date:

Yaqindagina deputatlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Barcha o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi. Bunda kimnidir omadi kelmagan bo‘lsa, kimdir deputat bo‘lib saylandi. Endigi vazifa esa xalqning ishonchini oqlashdir. Ayni vazifasini tushungan deputatlar saylangan kunidanoq amaliy sa’y-harakatlarni boshlab yubordi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarish ishlari boshlab yuborildi.
DTPI faollar zalida xalq deputatlari Denov tuman Kengashiga yangi saylangan deputatlar talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda deputatlardan R.Mamatmurodov, B.Xidirov, M.Fayziyev hamda N.Xudoynazarovlar ishtirok etishdi. Kelgusidagi vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z ochildi.
Talabalar-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va mahallalardagi ijtimoiy muammolar bilan deputatlarga murojaat qilishdi.

Oldingi sahifaYAXSHILIK…
Keyingi sahifaTISU delegatsiyasi Yaponiyada

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun