Date:

“Kulgi va shodlik” kechasida
Samimiy va chin dildan kulishga nima yetsin. Kulish salomatlik uchun foydali. Kuldirish esa savob. Vohamizda ijodiy safarda bo‘lib turgan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatr jamoasi ana shunday savobli ishga qo‘l urishdi. Shahrimizdagi muhtasham san’at saroyida Termiz davlat universiteti talabalari uchun ko‘ngilochar dastur namoyish etishdi.


“Kulgi va shodlik” kechasida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrining mahoratli aktyor, aktrisalari va raqqosalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq, raqs va sahna ko‘rinishlari talaba-yoshlarga xushnudlik, ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Vaqtlari mazmunli o‘tganidan mamnun yoshlar esa tez-tez ana shunday tomoshalarni ko‘rib turishga, ayniqsa, teatrga kelishga odatlanishga o‘z-o‘zlariga va’da berdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun