Talabalikka bagʻishlandi

Date:

Talaba bo‘lish baxt. Buni bu baxtga erishgan yoshlargina his eta oladi. Albatta, talabalikka osonlik bilan erishib bo‘lmaydi. Buning uchun o‘qish, o‘rganish, qanchadan qancha tunlarni bedor, izlanish ila tongga ulashga to‘g‘ri keladi.
Termiz shahrida joylashgan “San’at saroyi” majmuasida jam bo‘lgan yoshlarning barchasi ayni bosqichlardan o‘tib talabalikka qabul qilinishgan. Buning quvonchi-yu hayajonini boshlaridan kechirishgan. Talabalikka erishgan yoshlarning quvonchiga sherik bo‘lish maqsadida 2024/2025-oʻquv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan “Talabalikka bagʻishlov” tadbiri o‘tkazildi Tadbirda institut mutasaddilari, 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.


Tadbir avvalida talabalikka ilk qadam qo‘ygan yoshlar tantanali ravishda qasamyod qilishdi hamda institut rektoridan talabalik guvohnomasi va “Bilimlar kaliti”ni qabul qilib olishdi. Shuningdek, “Yilning eng faol talabasi—2024” tanlovining institut bosqichi g‘oliblariga sertifikat va pul mukofotlari vaucherlari topshirildi. Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Surxondaryo viloyati boʻlinmasi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Oldingi sahifa
Keyingi sahifaBirdamlikni mustahkamlab…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun