G‘olib xorijga sayohat qiladi

Date:

Jadidlar izidan ketyapmizmi, munosib avlod bo‘lyapmizmi? “Jadidlar izidan” respublika tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichida ishtirok etgan yoshlarni kuzatib turib ushbu savollarga javob toppish mumkin bo‘ldi. Aytish kerakki, jarayon qizg‘in kechdi. Unda tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 2 ta yosh toifasida jami 30 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.Ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Har bir shart orqali yoshlarning bilimlari, faolliklari, ijodiy fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 6-7-8-sinflar o‘rtasida Qiziriq tumanidagi 9-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Muborak Boboqulova,  9-10-sinflar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Qiziriq tumanidagi 9-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Sevara Usmonovalar birinchi o‘rinni egalladilar. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlar diplom, kitoblar to‘plami hamda pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.Ma’lumot uchun, tanlovning respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun