Surxondaryoda 6 million tup ko‘chatlar ekiladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod va Termiz tumanlarida bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish uchun tayyorlanayotgan maydonlarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, Sherobod tumanida M39 avtomagistral yo‘lining ikki yonidagi bo‘sh maydonlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida tuproq to‘ldirish ishlari bilan tanishildi. Hududga tanlab olingan adirlikning tuproqlari maxsus mashinalarda tashib kelinmoqda. Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlanayotgan maydon bo‘ylab, yashil belbog‘ yaratiladi.Shundan so‘ng, Termiz tumani “Yangiobod” mahallasi hududidan tanlab olingan 100 gektar maydonni ko‘chat ekishga tayyorlash ishlari bilan tanishildi. Viloyat rahbari ishlarni sifatli olib borish, maydonning tuproq unumdorligini oshirish, sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash yuzasidan vazifalarni belgilab berdi. Ushbu hududda bog‘ning yaratilishi kelgusida yashil belbog‘ vazifasini o‘taydi hamda “Afg‘on shamoli” keltirib chiqaradigan changlarning salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.Shuningdek, Al-Hakim at-Termiziy majmuasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishilib, yo‘laklarni yangilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga yangi vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun