Bahslar yakuniga yetdi

Date:

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 14-15 yoshli oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Murosasiz davom etgan musobaqadaning final bahslarini Oʻzbekiston boks federasiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboev, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev va bokschilarning yaqinlari kuzatib bordilar. Musobaqa soʻnggida, g‘oliblar shohsupaning yuqori pogʻonalaridan oʻrin oldilar va munosib taqdirlandilar. G‘oliblar safida Surxon o‘g‘lonlari ham bor. Termiz shahar yakka kurash sport turlariga ISM tarbiyalanuvchilaridan Xusan Bo‘riyev 2-, Shoxjaxon Bahtiyorov hamda Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchisi Xurshid Rustamov 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun