Suvdan oqilona foydalanish qoidamizga aylanmog‘i kerak

Date:

Suv — obihayot. Suv — tiriklik manbaidir. Ha, suvni isrof qilmasak, ko‘plab tabiat hodisalarining oldi olinadi. Tuproq holati buzilmaydi, foydalanishdan chiqib ketmaydi, sho‘rlanish hodisasi kuzatilmaydi. Kundalik hayotimizda bo‘ladimi, qishloq xo‘jaligi sohasida suvning bir tomchisini-da isrof qilmaslik shart va zarur. Prezident tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda suv isrofiga yo‘l qo‘ymaslik borasida kuyunchaklik ila aytilgan fikrlar esa har birimizning qoidamizga aylanmog‘i kerak. Ana shundagina avlodlar bizdan rozi bo‘ladilar.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida kollektorlarni tozalash va irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda suv resurslarini samarali boshqarish, suv tanqisligi muammosini hal qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda kollektor va drenaj tizimlarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Ayni tadbirlar davomida shu jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Viloyat rahbari yillar davomida kollektor va drenajlarning tozalanmaganligi va tizimga e’tibor qaratilmaganligi sababli yerlarning meliorativ holati buzilganligini, ayrim maydonlarning foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lganligini ta’kidladi.
Endilikda kollektor va drenaj tizimlarining samaradorligini oshirish orqali tuproqning sho‘rlanishini kamaytirish, ariq va kanallarni betonlash bilan suvning behuda sarfini keskin kamaytirish choralari ko‘rilayotgan bo‘lib, suvning har bir tomchisidan samarali foyalanish maqsadida kollektor suvlari hisobiga sholi yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirish maqsad qilingan. Oqova suvlarining qayta ishlatilishi hududning suv tanqisligi muammosini ham qisman hal etish bilan birga mahsulot yetishtirish hajmining oshishiga xizmat qiladi.
Tashrif davomida mutasaddilar 2025-yilda hududdagi sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, energiya va suv sarfini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar yuzasidan axborot berishdi.
Unutmaylik, yuqoridagi jihatlarga e’tibor bermas ekanmiz, suv isrofiga qo‘l siltar ekanmiz, besh, o‘n yoki yigirma yildan so‘ng farzandlarimiz, kelajak avlod e’tiborsizlik va isrofgarchiligimizning jabrini tortishadi. Bugundan, hozirdan, ayni soniyalardan o‘z hayotiy pozitsiyalarimizni o‘zgartiraylik, o‘zimizni jamiyatga, yurt taqdiriga daxldor his etaylik.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun