Subsidiyalar qanday beriladi?

Date:

Prezidentning 30.04.2024-yildagi 70-sonli farmoniga muvofiq “mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslarga ipoteka krediti beriladi.
Tasdiqlangan Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
Xususiy uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz punktga yuqori stavkada ipoteka kreditlarini ajratiladi. Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov qismini qoplash uchun ajratiladigan kredit summasining 15 foizini hamda kredit muddatining dastlabki besh yili davomida 12 foizdan oshadigan foiz to‘lovlari qismini qoplash uchun subsidiya to‘lanadi.
Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslar uchun kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko‘chmas mulk huquqini davlat reyestriga o‘tkazish bilan bog‘liq yig‘imlar va to‘lovlar qiymati 50 foizga qisqartirilgan. Subsidiyalar “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasi orqali ajratiladi.
Qarz oluvchilar 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishlari talab etiladi. Shuningdek, nomzod kredit to‘lovlarini qoplash uchun yetarli daromad manbaiga, shu jumladan, shaxsiy tomorqa yoki fermer xo‘jaligidan yoxud o‘zini o‘zi band qilishdan daromadga ega bo‘lishi lozim. Qarz oluvchining barcha kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari uning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadining 60 foizidan oshmasligi lozim. Kredit ajratish masalasi ko‘rib chiqilayotgan paytda qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan oldin olgan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi shart. Shu bilan birga bozor tamoyillariga asoslangan uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida oldin ipoteka kreditlari va ipoteka kreditlash bo‘yicha subsidiyalardan foydalanmagan bo‘lishi hamda rekonstruksiya qilish va ta’mirlanadigan uy yoki xususiy uy quriladigan yer uchastkasi qarz oluvchining o‘ziga yoki u bilan yashovchi yaqin qarindoshlaridan biriga tegishli bo‘lishi va qarz oluvchi kamida 6 oy davomida shu manzilda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.
Mazkur qonunchilikdagi o‘zgarish 2024-yil 24-oktabrdan boshlab kuchga kirdi.

B.Xusanova,
Oltinsoy tumani adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun