Mustafo “Eng faol targ‘ibotchi”

Date:

Kitobxon yoshlar safi kengayib bormoqda. Ular o‘qigan asarlar haqida suhbatlashsangiz, albatta, ayni asarlarni o‘qishni ko‘nglingizga tugasiz. Jo‘shqin taassurotlarni eshitish kishiga ana shunday motivatsiyani beradi. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabasi Mustafo Xurramov ham kitobxon yoshlardan.
U bilimlarini sinashning imkoni tug‘ilganidan quvonib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanloviga ishtirok etdi. Tanlovning so‘nggi — 4-mavsumiga qadar ishtirok etib, faollik ko‘rsatdi. Natija esa yomon bo‘lmadi, Mustafo “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etgan tanlovda g‘oliblar Toshkent shahrida vazirlik binosi amfiteatrida sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun