Mediamahsulotlar “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkaziladi

Date:

Endilikda O‘zbekistonda mediamahsulotlar axloqsizlikni targ‘ib qilmasligi uchun “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkaziladi. Bunga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, AOKA, Madaniyat vazirligi, Kinomotografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy media birlashmasining birgalikdagi qarori bilan kelishilgan.
Shuning bilan tele va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar, xususan, serial, multfilm, kino, qo‘shiq va kliplarni ma’naviy ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda. Qayd etilishicha, hozirga qadar ma’naviy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlab bo‘lingan.
Unga muvofiq, ma’naviy ekspertiza guruhining asosiy vazifalari belgilangan. Jumladan, soha mutaxassislaridan tartib topgan guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijda ishlab chiqilgan va O‘zbekiston hududida namoyish etilayotgan mediamahsulotlarning davlat siyosati, davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy mezonlarga zid, insoniy fazilatlarga tahdid soluvchi ahloqsizlik, behayolikni targ‘ib qiluvchi holatlar mavjud va mavjud emasligi o‘rganiladi.
Mediamahsulotlarning yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetimizga ta’siri baholanadi. Yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetimizga rahna soluvchi mediamahsulotlarning tarqalishining oldini olish choralari ko‘riladi. Bunday mediyamahsulotlarning namoyish etilishini to‘xtatish bo‘yicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga takliflar kiritib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun