Grant mablag‘lari maqsadli sarflandimi?

Date:

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi “Ijtimoiy sheriklik” bo‘yicha Jamoat komissiyasi rahbarligida jamoat fondi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aytish kerakki, Jamoat komissiyasining yig‘ilishlarida fondning faoliyatiga taalluqli 11 ta masala ko‘rib chiqilib, zaruriy qarorlar qabul qilingan. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi sessiya qaroriga muvofiq joriy yil uchun jamoat fondini saqlash va nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun jami 4 575 874,9 (to‘rt milliard besh yuz yetmish besh million sakkiz yuz yetmish to‘rt ming) so‘m miqdorida mablag‘lar ajratildi.
Jamoat fondining vasiylik kengashi — Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat komissiyasining yig‘ilishida fondning xarajatlar smetasi ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi. Ya’ni ushbu mablag‘lardan jamoat fondini saqlash, davlat grantlari, nogironlar jamiyatlariga subsidiyalar uchun ajratiladi.
Yil davomida ajratilgan mablag‘lar quyidagi maqsadlar uchun sarflandi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2022-yildagi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-230-son qarori asosida 2023-yilda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining viloyat, shahar va tuman bo‘limlari, O‘zbekiston Karlar jamiyati hamda O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasining viloyat bo‘limlariga viloyat mahalliy budjetidan ajratilgan 3 568,8 million so‘m miqdoridagi mablag‘ Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasining qarorlari asosida belgilangan meyorlarga muvofiq, jumladan, Nogironlar jamiyatlariga 1 743,7 million so‘m, Ko‘zi ojizlar jamiyatlariga 1 526 million so‘m, Karlar jamiyatiga 177,8 million so‘m hamda Nogironlar assosatsiyasi viloyat bo‘limiga 121,3 million so‘m moliyalashtirib berildi. Natijada, bu tashkilotlar o‘zlarining faoliyatini Nizomlari talablari asosida tashkil qilishlari uchun keng sharoit yaratildi.
2023-yilda “Ijtimoiy sheriklik” bo‘yicha Jamoat komissiyasining tegishli qarorlariga muvofiq 4 ta grant tanlovlari e’lon qilindi. Grant tanlovlari mavzu va yo‘nalishlari haqida mahalliy OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda, NNTlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish va seminarlarda e’lonlar berib borildi. Joylarga chiqib o‘tkazilgan seminarlarda Adliya boshqarmasi, O‘zNNMA Surxondaryo viloyat bo‘limi hamda Jamoat komissiyasi a’zolari faol ishtirok etishdi. Joriy yilda O‘zNNTMA viloyat hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda onlayn tarzda mahorat darslari o‘tkazilib, nodavlat notijorat tashkilotlariga grant loyihalari yozish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tanlovlarga kelib tushgan loyihalar jamoat komissiyasi huzuridagi Ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib, g‘oliblar belgilandi va komissiyaning qarorlariga asosan 15 ta g‘olib tashkilotlarning hisob raqamlariga 810 420 (sakkiz yuz o‘n million to‘rt yuz yigirma) ming so‘m miqdoridagi mablag‘lar moliyalashtirilib, sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Hisobot davri mobaynida jamoat fondi xodimlari tomonidan ajratilgan grant mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoringlar o‘tkazib kelindi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, viloyatimizdagi davlat tashkilotlariga sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy buyurtmalar berish to‘g‘risida xatlar bilan murojaat qilinishiga qaramasdan davlat boshqaruvi organlari tomonidan 2023-yilda 2024-yil uchun davlat tashkilotlaridan ijtimoiy buyurtmalar taqdim etilmagan. Shu bilan bir qatorda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan Parlament komissiyasining qarori asosida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘lardan Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasiga 4 555,9 (to‘rt milliard besh yuz ellik besh million) so‘m; viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 9 ta milliy madaniy markazlarning 8 tasiga 405,0 million so‘m, jami 4 960,8 (to‘rt milliard to‘qqiz yuz oltmish million) so‘mlik davlat subsidiyasi ajratildi. Ajratilgan mablag‘lar Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasi va jamoat fondi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq moliyalashtirib kelindi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tarkibiga qo‘shib yuborish bo‘yicha Ishchi guruh tasdiqlandi va faoliyat olib bormoqda.

N.Jummayev,
Jamoat fondi direktori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun