Tipratikanlar “Qizil kitob”ga kiritildi

Date:

Izlanishlar va tahlillar natijasida ayon bo‘ldiki, tipratikan populyatsiyasi so‘nggi o‘n yil ichida 30 foizga kamaygan. Ayni jihat esa ularni “Qizil kitob”ga kiritilishiga sabab bo‘ldi. Mazkur sut emizuvchilar xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining “Qizil kitobi”da “yo‘qolib ketish xavfi kam” kategoriyasidan “xatar ostida” toifasiga o‘tkazildi.

Tahlillar kirpilar sonining keng miqyosda va tashvishlanarli darajada kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Ta’kidlanishicha, avtomobillar yo‘llari, pestitsidlar va noto‘g‘ri boshqarilgan bog‘lar ularning yashash joylari cheklamoqda. Ayniqsa, pestitsidlar tipratikanlar oziqlanadigan hasharotlarni o‘ldiribgina qolmay, ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zahar ham yetkazishi mumkin.

Yevropadagi sutemizuvchilar jamiyati odamlarni tipratikanlarni himoya qilish uchun tabiatga mos bog‘lar yaratishga chorlamoqda. Bu bog‘larda kirpilar yoki tipratikanlarning erkin harakatlanishi uchun to‘siqlarda kichik teshiklar qoldirish, zararli pestitsidlardan voz kechish, shuningdek, ularga boshpana yaratish uchun daraxt shoxlari uyumi yoki maxsus kirpi uylarini tashkil etish tavsiya qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun