Foydali qazilmalar: beruxsat qazgan jinoiy javobgarlikka tortiladi

Date:

Moddiy jihatdan o‘zimiz va oilamizni ta’minlash uchun mehnat qilamiz. Ayni shuning uchun ham topganimiz totli. Ammo shunday ishbilarmonlar borki, qonunni buzib, manfaat ko‘rmoqchi, boylik orttirmoqchi bo‘ladi. Birgina foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-984-son, 28.10.2024 y.) bilan ayrim kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olishni shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takror sodir etganlik uchun, shuningdek foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek yer berish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun