O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib bormoqda. Shu ma’noda, yurtimiz bilan dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan bo‘layotgan xalqaro hamkorlik aloqalari ham yangi bosqichga ko‘tarilgan. Bu bilan yurtimizning nafaqat savdo-iqtisodiy aloqalari mustahkamlanayotir, balki turizm sohasida ham yangidan-yangi qadamlar tashlanmoqda. Yurtimizga kelguvchi turistlar soni oshib, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy osori-atiqalarimiz, e’tiborga molik jihatlarimiz yanada ko‘z-ko‘z bo‘layotir. Qolaversa, ilm-fan, ta’lim, migratsiya sohasida olib borilayotgan hamkorlik loyihalari ham dunyo bilan bo‘ylashayotgan yurtimiz rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shilayotir.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Germaniya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Hutererni qabul qildi. Uchrashuvda vohaning savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, ta’lim, migratsiya va boshqa sohalarida Germaniya davlati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.
Samimiy muloqot chog‘ida Germaniya va Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, savdo va investitsiyaviy aloqalarini yanada kengaytirish imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, Germaniya kompaniyalari bilan energetika, turizm, qishloq xo‘jaligi, migratsiya va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Germaniya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer Surxondaryo viloyatiga safari doirasida “Termiz” erkin iqtisodiy savdo zonasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi, “Termez Cargo Centre” xalqaro transport-logistika markazi va Germaniyaning KfW banki moliyaviy ko‘magida Termiz shahri hamda tuman markazlarini rivojlantirish loyihasi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.
Germaniya elchisi Surxondaryoda
Date: