“Yosh tadbirkor”lar saralandi

Date:

Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish, biznes bilan shug‘ullanish uchun mavjud imkoniyatlarni targ‘ib qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi, Savdo-sanoat palatasi, va bir qator hamkor tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Yosh tadbirkor” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Hududiy bosqichlarda 218 dan ortiq yangi biznes g‘oyalarga ega talabgorlarning 60+ ball olganlarigina tanlovning viloyat bosqichiga ishtirok etdi. Aytish kerakki, har bir loyiha va g‘oya e’tibor berishga arziydi. Uzoqni o‘ylab, har tomonlama o‘ylanib ishlab chiqilgan rejalar kun kelib, albatta, yoshlarning o‘z yo‘llarini topishiga, muvaffaqiyat kaliti bo‘lib xizmat qilishiga shubha yo‘q.
Termiz shahrilik Sayyora Boltayeva hamda muzrabotlik Abdumurod Abduzoirovlar g‘olib deb topildi va tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun