Mahorati namoyon bo‘ldi

Date:

“Besh tashabbus” yoshlarning jismoniy imkoniyat va iqtidorlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilayotir. Har bir bosqichdagi g‘oliblik yoshlarni nafaqat sort turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga, balki o‘zlariga bo‘lgan ishonchni ham uyg‘otayotir. Termiz shahridagi Surxon sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning stritbol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan viloyat bosqichi musobaqasi ham ayni maqsadga xizmat qildi.
Mahalla yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqaning viloyat bosqichi murosasiz bahslar bilan boshlandi. Unda tuman (shahar) bosqichida 1-o‘rinni egallagan 16-22 hamda 23-30 yosh toifasida 30 ta jamoadan iborat 120 nafar yosh ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 16-21 yosh toifasida Denov tumanining “Bog‘i eram” mahallasi, 22-30 yosh toifasida esa Qiziriq tumanining “Yakkaterak” mahallasi jamoalari qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun