“Yandex Maps” o‘zbekcha gapiradi

Date:

Yandex Maps — bu piyoda yoki har qanday transport turida, masalan, avtomobil yoki avtobusda yo‘nalishlarni shakllantirishga yordam beradigan dastur. Bundan tashqari, unda kerakli joylarni qidirish ham mumkin. Ammo, ovozli navigatsiyaning boshqa tilde so‘zlashi ba’zilar uchun birmuncha qiyinchilik tug‘dirishi ham bor.
Quvonarlisi, Yandex Uzbekistan kompaniyasi Yandex Maps ilovasiga o‘zbek tilidagi ovozli navigatsiyani joriy qildi. Kompaniya matbuot xizmatining xabar qilishicha, endi O‘zbekistondagi foydalanuvchilar nafaqat interfeysi, tashkilot va geografik obyekt nomlari, balki avtomobilda yo‘nalish bo‘ylab yurishga yordam beruvchi ovozli ko‘rsatmalardan ham foydalanishlari mumkin.
O‘zbekistonda har oyda 2,8 milliondan ortiq kishi Yandex Maps’dan foydalanadi, so‘nggi yilda auditoriya deyarli 50 foizga o‘sdi, deya ta’kidladi kompaniya. iOS va Android’dagi Yandex Maps ilovasi allaqachon yangilangan va o‘zbek tilidagi ko‘rsatmalar ham qo‘shilgan.
Tilni o‘zgartirish uchun ilovani oxirgi versiyasiga yangilanishi sozlamalardan «O‘zbekcha» bandini tanlash kifoya.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun