Faoliyati tahsinga loyiq

Date:

Bugun ayollar ham tadbirkorlikning turli sohalarida o‘zlarini sinab, muvaffaqiyatli faoliyat yuritishayotir. Ayol uy bekasi, ayol faqat uy yumushlarini qilishi kerak degan fenomenlar eskirdi. Ular bugun erkaklar bilan tengma-teng harakat qilishayotir. Aslo oilasi, farzand tarbiyasi-yu uy yumushlarini-da unutishgani yo‘q.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovi esa ana shunday ishbilarmon ayollarni yuzaga chiqarishga, faoliyatini ko‘z-ko‘z qilib, munosib rag‘batlantirishga xizmat qilayotir. Kuni kecha ushbu tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Unda tanlovning tuman-shahar bosqichida g‘olib bo‘lganlar ishtirok etdi. Albatta, har bir ishtirokchining faoliyati tahsinga loyiq. Har bir ishtirokchi g‘oliblikka munosib. Ammo g‘olib bitta bo‘lshi, o‘rnak va namuna qilib ko‘rsatilishi lozim. Hakamlar hay’ati ayni jihatlarni inobatga olgan holda g‘oliblarni aniqladilar, natijalarga ko‘ra, 1-o‘ringa boysunlik tadbirkor “Asila terma gilamlari” oilaviy korxonasi rahbari Maftuna Azizova loyiq ko‘rildi. G‘oliblar pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun