Maktab issiqxonasidan kuniga 15-20 kilogramm hosil olinmoqda

Date:


Termiz shahridagi 16-sonli maktab rekonstruksiyaga tushib, to‘liq ta’mirdan chiqarilgan, barcha shart-sharoitlar yaratilganidan xabaringiz bor. Maktab o‘quvchilaridan talab etilgani esa amalga oshirilgan ishlarga javoban munosib o‘qib o‘rganishlari, kelajakda yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlaridir.
Maktab jamoasi ta’lim-tarbiya jarayoniga katta e’tibor qaratish bilan birga, o‘zlaridagi imkoniyatlardan ham unumli foydalanishgan. Maktabning hovlisidagi 2 sotix yer maydonida mo‘jazgina issiqxona tashkil etib, bugungi kunda issiqxonada bodringlar parvarish qilinmoqda.
Buni qarangki, bir necha oy ilgari yerga ekilgan bodringlar bugunga kelib hosil bera boshladi. Texnik xodimlarning mehnatlari samarasi o‘laroq, bodringdan kuniga 15-20 kilogramm hosil olinmoqda.
— Olingan hosilning bir qismini maktab jamoasi uchun ajratayotgan bo‘lsak, yana bir qismini ichki bozorlarda sotib, olingan daromadni moddiy-texnik bazani yaxshilash uchun sarflamoqdamiz, — deydi maktab direktori Ulug‘bek Isayev. — Qolaversa, issiqxona texnologiya fani uchun o‘quvchilarga amaliyot o‘tashda ham xizmat qilmoqda. O‘g‘il-qizlar issiqxonada o‘simliklar parvarishlash, yer bilan ishlash sirlarini o‘rganishyapti.
Maktab jamoasi kelgusida ushbu issiqxonani yanada kengaytirib, turli gul ko‘chatlarini ham parvarishlashni rejalashtirishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun