Yana bir nodavlat universitet faoliyat boshladi…mi?

Date:

Sho‘rchi tumanida yana bir nodavlat oliygoh — Navoiy innovatsiyalar universiteti faoliyatini boshlayotir. Ushbu universitetda talabalar uchun bakalavrlik diplomi uchun 16 yo‘nalishda, magistratura bo‘yicha 3 yo‘nalishda tahsil olish imkoniyati bor.
Tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev zamonaviy jihozlar bilan boyitilgan, talabalarning ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilayotgan universitet faoliyati bilan tanishdi. Aytish kerakki, Navoiy innovatsiyalar universiteti Hindiston davlatidagi “MIT WORLD PEACE” universiteti bilan hamkorlikda davlat xususiy sherikchilik asosida amalga oshirilmoqda.
Ushbu universitet yoshlarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni taqdim etadi. Chet el talabalaridan kam bo‘lmagan holda kuchli iqtidor egasi ekanliklarini o‘zida kashf etishadi. Ikkinchi kursdan boshlab xorijga o‘quv dasturlari bo‘yicha yuborilish, u yerda tengdoshlari bilan tajriba almashishlari rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun