G‘oliblar finalga yo‘l oladi

Date:

O‘z imkoniyatlarimizni hisobga olgan holda qaysidir sohaga qiziqamiz va o‘zimizni sinab ko‘ramiz. San’at, ijod, sport yo ilm-fanda o‘z yo‘limizni qidiramiz. Albatta, bugungi kunda sportda ana shunday o‘zini sinab, o‘z yo‘lini topganlar ko‘pchilikni tashkil etayotir. Yutuqlar sportchiga motivatsiya beradi va yanada ruhlnib, oldinga intilishiga sabab bo‘ladi. Parasportda ham xuddi shunday.
Termiz shahrida para dzyudo sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi. Unda qariyib100 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan xotin-qiz o‘z vazn toifalari (52-62-70-82 kg) bo‘yicha imkoniyatlarini sinovdan o‘kazdi. Muvaffaqiyat kuchlilar, mahoratlilar tomonda bo‘ldi. Murosasiz kechgan baxslarda TerDUning 4 nafar talaba-qizlari ishtirok etdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 52 kilogramm vazn toifasida o‘zbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi Manzura To‘rayeva, 82 kilogram toifasida esa fizika-matematika fakulteti 3-bosqich talabasi Muniraxon Mirzayevalar faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun