Qashqadaryolik jurnalistlar Termizda

Date:

Har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga ega. Joriy yil 27-oktyabr sanasida fuqarolar ayni huquqlaridan foydalanib, saylaydilar, saylanadilar. Ayni sana oldidan esa saylov jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilganini ko‘rib, kuzatib turibmiz. Saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlari ham qizg‘in tus olgan. Xalqaro kuzatuvchilarning-da, e’tibori yurtimizda kechayotgan siyosiy jarayonlarga qaratilgani ham sir emas. Kuni kecha ayni targ‘ibot ishlarining davomi sifatida Termiz shahrida “Saylov-2024: Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollarining saylov jarayonlarini yoritish mas’uliyati” mavzuiga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davom etadigan anjumanda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ommaviy axborot vositalari vakillari, erkin ijodkorlar, blogerlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi, Surxondaryo viloyat hududiy saylov komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yangilangan saylov qonunchiligi asosida mamlakatimizda muhim siyosiy kampaniyaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va uni ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Mintaqaviy konferensiyada O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov, Surxondaryo viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Zebuniso Alimardonova, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Vohid Nazarov saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar, ilk marta o‘tkazilayotgan aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.
Konferensiya ishtirokchilari, shuningdek, Termiz tumanidagi O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasida barpo etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi, logistika markazi, Termiz tumanida qad rostlayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi va boshqa o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishadi. Buyuk ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun