“Yakshanba” — Markaziy Osiyo filmlar festivalida ham ishtirok etadi

Date:

Qandaydir film haqida tomoshabin fikrini so‘rasangiz, “yaxshi” yoki salbiy bo‘yoqdagi inkor javobini olasiz. Bu tomoshabinning saviyasidagi javob. aslida film zamon, makon tanlamasa, moddiyatdan chekinsa, kishini o‘ylashga majbur eta olsa, bir necha kunlab voqealar ta’siridan chiqa olmasak, ana shundagina o‘sha film haqida ta’sirlanib fikr bildira olamiz.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Yakshanba” filmi haqida ham ko‘p sonli tomoshabinlar ana shunday iliq fikr bildirishadi. Ushbu film joriy yilning iyul oyida Yaponiyada oʻtkazilgan “Skip City International D-Cinema” festivalning oliy sovrini bilan taqdirlangani esa eng yaxshi baho aslida.
Endilikda esa “Yakshanba” — Markaziy Osiyo filmlar festivalida ham ishtirok etadi. Mazkur festival 20-22-noyabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtadi va unda mintaqadagi eng yaxshi filmlar tomoshabinlar eʼtiboriga havola etiladi. Festival tanlov dasturiga ega emas, yaʼni unda filmlar faqat namoyish qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun