Xalqaro kuzatuvchilar tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishmoqda

Date:

Joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan YeXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengel Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolarining ish faoliyati, matbuot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Xususan, xalqaro kuzatuvchilarga saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirish va yuritish, saylov okrugi va saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish va o‘tkazish, saylovda nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Xalqaro kuzatuvchilar so‘nggi yillarda mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha muayyan tajriba to‘planganini e’tirof etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun