Zamonaviy ta’lim tashkiloti faoliyat boshladi

Date:

Farzandimiz boradigan maktabgacha ta’lim tashkiloti barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lishini istaymiz. Til, sport to‘garaklari bo‘lsa, tarbiyachi-pedagoglarning esa bilim-salohiyati yuqori bo‘lsa, ana shunday dargohda tarbiyalangan o‘g‘il-qizlarimizning kelajagidan qayg‘urmasak ham bo‘ladi. Ammo ana shundat ta’lim tashkilotlari bormikan? Bizning talablarimizga javob berarmikan degan savol o‘rtaga tashlanadi.
Sho‘rchi tumanida faoliyatini boshlagan 38-maktabgacha ta’lim tashkiloti xuddi biz o‘ylagandek shart-sharoit va talabga ega ekani, har bir ota-onani qiziqtirib qo‘yishi aniq. Yangi zamonaviy 90-o‘rinli ta’lim tashkilotida har bir tarbiyalanuvchining dunyoqarashini oshishi, sifatli ta’lim tarbiya olishi uchun sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, jajji bolajonlarining qiziqishidan kelib chiqib, sport, san’at, fan to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.
Ta’lim tashkiloti bolalarbop mebel jihozlari, rang-barang o‘yinchoqlar va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlangan. Hovlida bolajonlar uchun yozgi o‘yin maydoni barpo etilib, zamonaviy usulda jihozlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun