Vazir kubogi uchun…

Date:

Qizlar bolalikdan badiiy gimnastika sport turini o‘rganishni istaydi. San’at yanglig‘ kishiga estetik zavq, xushkayfiyat baxshida etguvchi ushbu sport turini o‘rganish ham kishidan qunt va mahorat talab etadi. Kichik yoshdan o‘rganilmas ekan, badiiy gimnastika mashg‘ulotlari tana uchun og‘irlik qilishi aniq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-449-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi uchun badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha musobaqalarning Termiz shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahardagi umumta’lim maktablarining 1-4-sinf o‘quvchi qizlari qatnashdi. Guruh mashqlari va shaxsiy dasturda olib borilgan musobaqa qizg‘in kechdi.
Termiz shahridagi 9-umumta’lim maktabining gimnastikachi qizlarining ishtiroki 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun