Muhim chora-tadbirlar belgilandi

Date:

Shaxmat qiziqarli va bosh qotirishga arziydigan o‘yindir. Uni o‘rganish insondan mahorat talab etsa, iqtidorli o‘yinchi har bir yurishi bilan kishini hayratga solishi hech gap emas. Ana shundan keyin raqib tomon shoh hujumga o‘tadi va mot bo‘ladi. Bugungi kunda ayni sport turiga bo‘lgan e’tibor kuchaygan, yosh shaxmatchilarni kashf qilish uchun bor imkoniyatlar ishga solingan. Shu maqsadni ko‘zlagan holda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shaxmat sport turi bilan shug‘ullanuvchi yoshlar hamda ularning murabbiylari, sport sohasi mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezidentimizning sportni rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborlari hamda yaratilayotgan sharoitlar natijasida ko‘plab sport turlari, xususan, shaxmat bo‘yicha yoshlarimiz jahon miqyosida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani ta’kidlandi. Erishilayotgan natijalarda vohamiz sportchilarining ham alohida hissasi borligi qayd etildi.
Uchrashuvda Surxondaryoda shaxmat sport turini yanada rivojlantirish, to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Murabbiylar hamda sportchi yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Mutasaddilarga shaxmatni rivojlantirish, to‘garaklar faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish hamda natijaga erishayotgan sportchilar va murabbiylarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari belgilab berildi.
Shuningdek, viloyat rahbari murabbiylarni yaqinlashib kelayotgan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun