1 000 ta ish o‘rni yaratiladi

Date:

Barcha sohada rivojlanish, o‘sish kuzatilayotgan bir paytda, ayniqsa, tadbirkorlik sohasida ham yangi loyihalar, yangi tashabbuslar ko‘rsatilmoqda. Hududlarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bularning negizida, albatta, xalq uchun qulaylik yaratish, talablariga yarasha taklif qilish maqsadi mujassam. Muzrabot tumanida umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etuvchi “Usto Qurbon bozori” savdo majmuasining birinchi bosqichi foydalanishga topshirilgani ham ayni maqsaddagi ishlarning davomi bo‘ldi.
Majmua hududida barcha zarur sharoitlarni o‘z ichiga olgan qurilish, oziq-ovqat, temirchilik va xo‘jalik hamda chorva mollari savdosi uchun povilyonlar, mahsulotlarni saqlash omborxonalari, avtomobillar to‘xtash joylari tashkil qilingan. Hozirda majmua haftada bir kun, juma kunlari faoliyat yuritadi hamda ko‘plab oilalarni daromadli qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsad qilingan. Kelgusida majmua hududida avtomobil bozori va boshqa xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish hisobiga umumiy 1 000 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Savdo kompleksining ochilish marosimida viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, nuroniylar, faollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yangi bozorning ish boshlashi hudud aholisining turmush farovonligiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Tadbir yakunida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini namunali yo‘lga qo‘yish maqsadida tanlab olingan Muzrabot tumanidagi oilalarga biriktirilgan mutasaddilarning axborotlari tinglanib, yangi vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun