Saylovga hozirlik qizg‘in

Date:

Yurtimizda joriy yilning 27-oktyabr kuni muhim siyosiy jarayon bo‘lmish — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyatida ham ushbu muhim siyosiy tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rilayotir.
Aytish kerakki, vohamizda tashkil etilgan 865 ta saylov uchastkasi uchun aholi vakillariga qulay bo‘lgan binolar tanlab olingan bo‘lib, ularning 696 tasi umumta’lim maktablarida, 61 tasi kasb-hunar kollejlari, litsey va texnikumlarda, 27 tasi madaniyat va sport inshootlarida, 17 tasi harbiy qismlarda, 16 tasi tibbiyot va dam olish maskanlari, sanatoriylarda, 8 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 39 tasi boshqa binolarda joylashgan.
Saylov uchastkalari to‘liq shay holatga keltirilgan va saylov qonunchiligida belgilangan talablar asosida jihozlanib, zarur texnika vositalari — telefon, nusxa ko‘chirish apparati, internet tarmog‘i va tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangan. Bir so‘z bilan aytganda, saylovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, saylov uchastkasiga biriktirilgan xodimlarning saylov qonunchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlarda o‘qitilgan. Saylov uchastkalarining tashkiliy jihatdan tayyorgarligi muntazam o‘rganilib borilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Surxondaryo viloyatidagi bu sa’y-harakatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini konstitutsiyaviy qoidalar hamda xalqaro saylov andozalari, demokratik tamoyillar asosida ochiq-oshkora o‘tkazishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun