Xalq strategiyasida belgilangan xalqchil islohotlaryoxud “Oʻzbekiston—2030” endi onlayn platformada ham

Date:

Mustaqil O‘zbekistonimizning 2030-yilgacha bo‘lgan davrida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar, ulkan loyihalar, sohalar kesimida erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkich va natijalarning ham bevosita “O‘zbekiston-2030” strategiyasida yaqqol namoyon ekanligi, ushbu strategiyaning jamoatchilikning taklif va tashabbuslari inobatga olinib, muammo va masalalarning joylardagi holatidan kelib chiqib ishlab chiqilgani ham ushbu strategiyani tom ma’noda xalq strategiyasiga aylantidi.
Xalq strategiyasida yaqin besh yillikda amalga oshirilishi muhim bo‘lgan va davlatimiz oldida turgan ustuvor vazifalarning joylardagi ijrosi, qolaversa, natijadorligi yuzasidan o‘z vaqtida va muntazam monitoring olib borilishi yo‘lga qo‘yilgani ham belgilangan har bir maqsad va ustuvor yo‘nalishning real hayotda, hududlar rivojlanishi, aholining farovon turmushida aks etayotgani strategiyaning naqadar puxta o‘ylangan va uzoqni ko‘zlab joriy etilganidan dalolatdir.
Besh ustuvor yo‘nalish, yuzta maqsaddan iborat mazkur strategiyaning hayotga tatbiq etilishi va samardorligiga birgina misol qilib, bugun kambag‘allikni qisqartirish orqali aholi bandligini ta’minlash, hududlarni yanada rivojlantirish borasidagi harakat umummilliy harakatga aylanib, viloyatimizda ham bu borada aniq va manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash tizimi joriy etildi. Har bir mutasaddi o‘ziga belgilangan va biriktirilgan kam ta’minlangan oilalarning sharoitini yaxshilash va ularda ham faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirib, jamyatning faol qatlamiga aylantirishga jiddiy kirishganini ko‘rib-bilib turibmiz. Yana bir muhim jihatni alohida tilga olish joizki, “O‘zbekiston-2030”ni jadal amalga oshirish, ijrosini ta’minlash va monitoringini yuritishda “Taraqqiyot strategiyasi”, ya’ni “Aql” markazlari hamda “Yuksalish” harakatining o‘rni beqiyos.


“Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkor tashkilotlar bilan birga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini tashkil etish, shuningdek, ularning maqsad va vazifalarini aholiga yetkazish maqsadida Surxondaryo viloyatida monitoring va jamoatchilik tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida viloyat hokimligida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Oʻzbekiston Parlamenti aʼzolari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, qator davlat va nodavlat tashkilotlari mutasaddilari, viloyat faollari, OAV vakillari hamda “Yuksalish” harakati viloyat hududiy boʻlinmasi masʼullari ishtirok etdi.
Dastlab, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘limi boshlig‘i Avazbek Xalbekov yurtdoshlarimizga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yil Davlat dasturining maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarining mazmun-mohiyati boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi hamda faollar bilan ularning ijrosi muhokama qilindi.
Viloyatimida ham ijro intizomiga qat’iy rioya qilish, joylarda davlat dasturlarida belgilangan islohotlarning, jumladan, strategiyada belgilangan ustuvor vazifalarning natijadorligini ta’minlash, kamchilik va muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va chora-tadbir belgilab, ishlarni samarali tashkil etish maqsadida “Yuksalish” harakati huzurida Jamoatchilik monitoringi guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib borilayotir.
Shuningdek, yig‘ilishda so‘zga chiquvchilar tomonidan Strategiyada belgilangan har bir ustuvor yo‘nalishga alohida urg‘u berilib, suvni tejash va undan oqilona foydalanish, “Yashil makon”, gaz va elektr energiyasi tejamkorligi, 100 dan ortiq masalalarni aholi bir qadamda hal etishi uchun davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlar soni oshirilayotgani, murojaatlarning 70 foizidan ortig‘ini hududlarning o‘zidayoq hal etish choralari ko‘rilayotgani, shuningdek, xususiylashtirish, kichik biznesni rivojlantirish orqali ishbilarmonlarning xalqaro doiradagi faoliyatini kengaytirish, eksportni yanada jadallashtirish borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Quvonarli jihati, xaql strategiyasi deya e’tirof etilayotgan “O‘zbekiston-2030”ni xalqqa yanada yaqinlashtirish, amalga oshirilayotgan va kelgusida belgilanadigan chora-tadbirlarda jamoatchilikning, fuqarolarning taklif va tashabbuslari, e’tirozlaridan kelib chiqib, ishlarni yanada samarali tashkil etish va Strategiyada belgilangan ustuvor maqsadlar va vazifalarni amalda to‘laqonli bajargan holda O‘zbekiston pirovard maqsadiga yetishi uchun ham barcha birdek mas’ul va javobgar ekanligi ham qayd etildi.
Tadbir davomida “uzbekistan2030.uz” onlayn portali taqdimoti oʻtkazilib, platformadan qanday foydalanish, uning asosiy vazifa va imkoniyatlari tushuntirildi. Mazkur platformaning yana bir qulaylik jihati shundaki, respublikamizning qaysi hududida yashashidan, kim bo‘lib ishlashidan qat’i nazar har bir fuqaro istalgan vaqtda platformaga kirib o‘zining takliflari va e’tirozlarini bildirishi mumkin. Berilayotgan takliflar esa muntazam nazorat qilinib, kelgusidagi faoliyatda ushbu o‘rinli e’tiroz va takliflar ham as qotishi mumkin.
Bir narsani aniq aytish kerakki, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi har bir fuqaroning, har bir soha vakilining, har bir hudud uchun birdek ahamiyatli. Sababki, unda belgilangan maqsad va vazifalarda biror soha yoinki yo‘nalishga e’tibor berilmasdan qolmagan. Shunday ekan, har birimiz Strategiyaning chuqur o‘rganishimiz, belgilangan chora-tadbirlarning real hayotga ro‘yi-rost ko‘chishi, natijadorligi uchun munosib hissa qo‘shishimiz muhim.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro kuzatuvchilar gazeta tahririyatida

Sanoqli kunlardan so‘ng, yurtimizda muhim siyosiy jarayonlar boshlanadi. Tayyorgarlik,...

Faqat Ko‘hitangda bor…

Ko‘hitang tog‘ tizmasi hududi O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasining...

Sho‘rchida xrizantema yetishtirilmoqda

Bayram yoki tug‘ilgan kunimizda gul sovg‘a qilishsa, bahri dilimiz...

“Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha…

Qaysidir viloyat yoki davlatga borishimizga to‘g‘ri kelsa, manzilga eng...
KunTun
KunTun