“Kambag‘allikdan farovonlik sari”

Date:

Qachon kambag‘allikdan chiqamiz. Qachonki, davlatda to‘g‘ri siyosat yuritilib, islohotlar inson manfaati uchun xizmat qilar, odamlar ham boqimandalik kayfiyatidan voz kechib, mehnat qilishga, berilgan imkondan ishonch ila foydalanish rejimiga o‘tar ekan, oilalarda yetishmovchilik emas, to‘kin-sochinlik bo‘ladi.
Yurtimizda, xususan Surxondaryo viloyatida ham bu borada e’tiborga molik ishlar boshlar yuborilgan. Ayni maqsaddagi ishlar qanday ketayotganiga qiziqqan viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq oilalarni kambag‘allikdan chiqarish ishlarini namunali tashkil etish maqsadida tanlab olingan Muzrabot tumanida bo‘lib, mutasaddilarga biriktirilgan xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, 14-sentabr kuni o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi. Aytish kerakki, tumanning “Oriyat” mahallasidagi xonadonlarga tashrif buyurgan viloyat rahbari, oilalarning mavjud muammolarini o‘rgandi hamda mas’ullarga davolanish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, moddiy yordam ajratish, bandlik kabi masalalarni hal etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Shundan so‘ng, tumandagi 17-, 23-, 39-, 51-maktablar hamda 5-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari hamda ko‘mir zaxirasini saqlash ishlari bilan tanishildi. Ayrim ta’lim maskanlarida ishlar talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi tanqid qilinib, tuman mutasaddilariga kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Soha mas’ullari va tuman rahbarlariga bir hafta muddatda ishlarni joy-joyiga qo‘yish, kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, isitish qozonlarining to‘liq ishlashini ta’minlash vazifalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kurash qizgʻin pallada

“Boysun bahori” turizm kompleksi hududida milliy kurash bo‘yicha qizg‘in...

Turizm sohasida yangi imtiyozlar joriy etiladi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali sohada bir...

Sport va an’analar uyg‘unligida

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nafaqat milliy urf-odatlar, qo‘shiq...

Gran-pri va Istanbul sari yo‘l!

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida o‘tkazilgan nufuzli ko‘p yo‘nalishli xalqaro...
KunTun
KunTun