Farmon ijrosi o‘rganildi

Date:

Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash orqali kambagallikni qisqartirish, ularning turmush tarzini yaxshilash hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Davlatimiz rahbarining 11.09.2024-yildagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 136-son Farmoni ijrosi yuzasidan Denov tumanida amaliy ishlar va o‘rganishlar olib borildi.
Jumladan, Surxondaryo viloyati prokurori S.Turdiyev tomonidan mas’ul idora va tashkilotlar xodimlari ishtirokida tumandagi biriktirilgan xonadonlarda yashovchi fuqarolarning yashash sharoitlari va bandligi o‘rganildi. O‘rganishlar davomida ushbu oila a’zolarining bandligini ta’minlash orqali daromadini oshirish, moliyaviy resurslarni kambag‘al oilalarga yo‘naltirish imkoniyatlari joyida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ularning ijtimoiy muammolari, kelajakdagi rejalari yuzasidan suhbatlashildi.
D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun