Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizga tashrif buyurgan turistlar tarixiy obidalar, tarixiy shaxslar, davlatning hududiy va ma’muriy tuzilishi, shuningdek, urf-odatlar va an’analarimiz haqida keng ma’lumot va taassurotga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek, turizm bo‘yicha davlat siyosatining prinsiplari va asosiy yo‘nalishlarida 47 ta davlat fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilindi hamda vizasiz rejimga ega mamlakatlar soni 86 taga yetdi. Bundan tashqari, viza jarayonlarini soddalashtirish maqsadida elektron viza olish imkoniyatiga ega mamlakatlar soni 57 tani tashkil etdi. Qo‘shimcha ravishda, “Vatandosh”, “Talaba”, “Akademik”, “Ziyoratchi” va “Tibbiyot” viza turlari joriy etildi. Qilingan ishlar natijasi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan davr bilan solishtirganda 2019 yilda mamlakatimizga kelgan sayyohlar soni 26,2 foizga ko‘paydi. Vizasiz rejim joriy etilgan davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar sonida esa 58 foiz o‘sish kuzatildi. Natijada, sayyohlarni joylashtirish maskanlarining yuklanish darajasi 62 foizdan 84 foizga ko‘paydi. Oxirgi yillarda turizm sohasidagi yangi tendentsiyalarga mos va keng segment talablariga javob beradigan xostellar bozorini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni damda tashqi davlatlar bilan xamkorlik o‘rnatib turizmni kengaytirish hamda rivojlantirish borasida islohotli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Otdix Leisure-2024” forum-ko‘rgazmasi doirasida Moskva viloyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.Uchrashuvda Moskva viloyati hukumati raisining o‘rinbosari – Moskva viloyatini obodonlashtirish vaziri Mixail Xaykin, Moskva viloyati madaniyat va turizm vaziri Vasiliy Kuznetsov, Moskva viloyati madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksey Shimko va Moskva viloyati investitsiyalar, sanoat va fan vazirining o‘rinbosari Adil Gantsov ishtirok etdilar.Asosiy e’tibor turizm sektorlari o‘rtasidagi aloqalarni oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish va ilg‘or yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi. Bundan tashqari, tomonlar sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan hamkorlikda reklama kampaniyalarini o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu nufuzli ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va qo‘shma turistik marshrutlarni ilgari surishni o‘z ichiga oladi, bu esa har ikki tomonga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Shuningdek, “Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili” doirasida madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan madaniy tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.Maktab o‘quvchilari, talabalar va kasaba uyushma tashkilotlari uchun maxsus sayohat paketlarini yaratish, ikki mamlakat turizm sohalari vakillari uchun B2B va B2G uchrashuvlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Shaharlar va aeroportlarda LED ekranlar orqali turizm salohiyatni o‘zaro targ‘ib qilish ham turistik takliflardan xabardorlikni oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
O‘zbekiston va Rossiya: turizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma qadamlar…
Date: