Termizda tozalik nafasi

Date:

Tozalik kishi bahri dilini ochadi. Xalqimiz sarishtalikni, ozodalikni xush ko‘rgani uchun ham, xonadoni, ko‘chalari-yu mahallasini doimo obod, fayzli tutishga urinadi. Butunjahon tozalik kuni — bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. Mazkur g‘oya dastavval 2008-yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashganlar.Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi. O‘zbekistonda ilk marta 2019-yil 21-sentabr kuni butun respublika bo‘ylab o‘tkazildi. Butunjahon tozalik kuni har yili sentabr oyining uchinchi shanbasida o‘tkaziladi.O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi atrof-muhitga befarq bo‘lmagan davlat, biznes-tuzilma vakillari, jamoatchilik tashkilotlari hamda faol fuqarolarni xalqaro hamjamiyat bilan bir qatorda bugungi kunni “Butunjahon tozalik kuni” da faol ishtirok etishga taklif etadi. Bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun