Qonuniylik va shaffoflik ta’minlanmoqda

Date:

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi. Bunib unutgan ba’zi fuqarolar esa o‘rnatilgan qonunlarni buzib, o‘zlariga zarar qilishadi. Kadastr agentligi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan tumanning “Qushtepa” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydonining 0,04 gektarini o‘zboshimchalik bilanegallab olib, 46,8 kvadrat metrdan iborat uy-joy qurib olganligi holati aniqlandi.
Holat yuzasidan bo‘limi inspektorlar tomonidan fuqaroning noqonuniy qurib olgan uy-joyiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.
Shundan so‘ng, fuqaro tomonidan qurib olgan uy-joy binosi o‘z hisobidan bartaraf etib, yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi taʼminladi. Unutmang, O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi 937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko‘rib chiqiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun