Zamonaviy seyalkalar olib kelindi

Date:

So‘nggi yillarda Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida ham ko‘plab yutuqlarga erishib kelinmoqda. Paxta teradigan mashinalarning keltirilgani inson omilisiz va sifatli va mo‘l hosil olishning garovi bo‘lib xizmat qilayotgan bo‘lsa. Tomchilatib sug‘orish inshootlarining o‘rnatilishi esa yangi yerlarni o‘zlashtirishga, ekin maydonlarini kengaytirib, aholi daromadlarini oshirishga, arzon va sifatli mahsulotlar bilan aholini ta’minlashga sabab bo‘layotir.
Albatta, vohaliklarning qishloq xo‘jaligidagi boy tajribasi, o‘z vaqtida qilingan mehnat va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan unumli foydalana olganligi muvaffaqiyat garovidir. Joriy yilgi g‘alla ekish mavsumi oldidan Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov boshchiligida muzrabotlik fermer va dehqonlar 10 ta zamonaviy don ekish seyalkalarini qabul qilib olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun