Donorlik — oddiy, lekin oliy qahramonlikdir

Date:

“Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan birgalikda O‘zbekistonning barcha hududlarida qon topshirish aksiyasini o‘tkazilmoqda. Maqsad murakkab operatsiyalardan so‘ng, og‘ir jarohatlar yoki saraton kasalligiga chalingan va qon quyishga muhtoj bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlashdir. Bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish kasalxonalar va tibbiyot markazlarida qonning yetarli darajada ta’minlanishiga yordam beradi.
Bu ayniqsa, favqulodda vaziyatlar va rejalashtirilgan operatsiyalar uchun muhimdir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, aholining qon tarkibiy qismlariga bo‘lgan ehtiyojiga javob berish uchun donorlik soni 1000 aholiga kamida 10 ta yoki umumiy aholining 1 foizini tashkil qilishi kerak.
«Respublika qon quyish markazining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2023-yilda bu ko‘rsatkich har 1000 nafar aholiga 7,8 donorlik to‘g‘ri kelgan. Bu 0,78 foizni tashkil etadi. Raqamlar mamlakatda xayriya darajasi yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.


Ushbu aksiya Surxondaryo viloyatidagi qon quyish markazida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Aksiyada 18 yoshdan oshgan va tibbiy qarshi ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan harakat a’zolari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari va ko‘ngilli fuqarolar ko‘ngilli sifatida ishtirok etishdi.
— Men mazkup donorlik aksiyasida ishtirok etayotganimdan xursandman. Topshirayotgan qonim orqali yurtimizdagi shifoxonalarda og‘ir ahvolda bo‘lgan, hasta bolajonlarimizning hayotini saqlab qolishda, ularning salomatliklarini tiklashlarida muayyan darajada o‘z hissamni qo‘shayotganimdan mamnunman — deydi donorlardan biri.
— Donorlik nafaqat qon oluvchi, balki qon beruvchining salomatligi uchun ham foydali hisoblanadi, — deydi viloyat qon quyish markazi bosh shifokori Mirzoxid Yunusov. — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, donorlar boshqalarga nisbatan 5 yil ko‘proq umr kechirishadi. Doimiy pavishda qon topshirish hujayralarning tabiiy yangilanishiga va organizm yosharishiga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, har qanday sog‘lom inson donor bo‘la oladi. Bu ularning salomatligi uchun mutlaqo xavfsizdir. Qolaversa, jamiyat salomatligi uchun berilishi mumkin bo‘lgan beg‘araz yordam hisoblanadi.
Qolaversa, donorlik har birimiz qilishimiz mumkin bo‘lgan oddiy, lekin oliy qahramonlikdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun