Yangi mukofot ta’sis qilindi

Date:

Har qanday mukofot va rag‘bat insonga munosib motivatsiya beradi, ruhlantiradi. Kelgusida yanada yuqori natijalarni qayd etishiga hissa qo‘shadi. Ayni maqsadni ko‘zlagan holda barcha soha mehnatkashlarining mehnatini munosib taqdirlash maqsadida mukofotlar, medal va ordenlar, ko‘krak nishonlari ta’sis etilgan va etilmoqda. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi «Yil standartchisi» mukofoti hamda «Sifat sohasidagi mukofot» ta’sis etilganini ma’lum qildi.
Aytilishicha, mukofotlar respublikada mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi mutaxassislarning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqatini yanada oshirish maqsadida ta’sis etildi.
2024-yildan boshlab har yili 14-oktyabr — Butunjahon standartlar kunida Sanoat ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida standartlashtirish faoliyatini samarali tashkil etgan hamda ilmiy-tadqiqot jarayonlarida eng yuqori natijalarga erishgan mutaxassislar «Yil standartchisi» mukofoti bilan, sifatli mahsulot ishlab chiqarib, milliy brendni yaratgan hamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarida eng yuqori natijalarga erishgan tashkilotlar esa «Sifat sohasidagi mukofot» bilan taqdirlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun