Modulli mehmonxona uchun subsidiya ajratiladi

Date:

Turizm sohasi rivojlanib borayotgani sabab, tashrif buyuradigan mehmonlarni munosib kutib olish, shart-sharoit yaratish masalasi o‘rtaga tashlanadi. Tadbirkor va ishbilarmonlar esa ayni talab va ehtiyojdan kelib chiqib, xizmat turlarini taklif etishadi. Mehmonxonalar qurib, risoladagidek sharoit yaratishadi.
Ularga yengillik yaratish maqsadida hukumat Qarori (572-son, 13.09.2024-y) bilan “Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, subsidiya 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrgacha muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qat’i nazar ajratiladi.
Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 million so‘mdan belgilanadi. Tadbirkor subsidiya olish uchun ariza taqdim etish vaqtida ba’zi talablarni-da inobatga olishi lozim. Ya’ni soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi, qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi, faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lmasligi, sud qarori asosida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilingan bo‘lmasligi, modulli mehmonxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talablariga javob berishi lozim.
Subsidiya olish uchun tadbirkor davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali Turizm qo‘mitasiga belgilangan shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Qo‘mita ariza kelib tushgan kundan 15 ish kunida uning Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqadi va 1 ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 1 ish kunida ariza beruvchiga yuboradi.
Nizom 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun