Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik o‘g‘lonlar!

Date:

Yurtimiz sharafini yuksakka ko‘tarib, o‘zlarining yutuqlari bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan sportchilarimiz musobaqalarga munosib qatnashib, Vatanimiz tarixida qoladigan natijalarga erishayotir. Ularning bu xizmatlari Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirib, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalashda munosib ulushi bor. Erishgan muvafaqiyatlari uchun bir guruh sportchi va murabbiylar mukofotlandi. Ular orasida surxondaryolik yurtdoshlarimiz ham bor.
Aytish joizki,Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasida Qozoq kurashi sport turi bo‘yicha musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza — jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoamiz a’zolari bo‘lgan surxondaryolik kurashchilar Jamshid Yo‘ldoshev 73 kilogramm vazn toifasida va Umar Bozorov 90 kilogramm vazn toifasida oltin medalni hamda +100 kilogramm vazn toifasida Muhsin Hisomiddinov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, o‘tkazilayotgan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida 89 ta mamlakatdan 2 ming 800 ga yaqin sportchilar medallar uchun kurash olib borishmoqda.
D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun