Izlangan imkon topar

Date:

Mehnat qilsangiz, foyda ko‘ra boshlasangiz, kuch-g‘ayratingiz jo‘shib, ishingizni rivojlantirishni, bundan-da ko‘piga qodir ekaningizni isbotlashga harakat qilasiz. Sho‘rchi tumanining “Shakarko‘l” mahallasida yashovchi Robiniso Avazova ham ayni shunday fikrda, o‘z imkoniyatlarini hisobga olib, o‘zi uchun yanada yaxshiroq qulaylik yaratishga harakat qildi. Tikish-bichishni biladigan qo‘ligul chevar emasmi, avvallari uyida tikuvchilik qilib, bir-ikki so‘m pul topgan bo‘lsa, endilikda tikuvchilik sexida faoliyat yuritishni boshladi.
Ha, izlangan imkon toparkan. Buni Robiniso Avazova misolida ko‘rish mumkin. O‘z mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tikuvchilik sexida hamkasblari bilan birga milliy va zamonaviy liboslar tikib kelmoqda. Sheriklari, hamkasblari bilan vaqt qanday o‘tayotganini bilmayotgan chevar ayol sohadoshlari bilan hamfikr, bamaslahat ishlayapti.
Ushbu tikuvchilik sexida Robiniso kabi yana 4 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun