Suv keltirgan elda aziz

Date:

Inson ochlikka chidashi mumkin, ammo suvsiz yashay olmasa kerak. Sababi chanqog‘imizni qondiradigan ham, boshqa barcha ehtiyojlarimiz suvsiz hal etilmaydi. Haqiqatan ham suv tiriklik, hayot manbaidir. Biz esa ana shunday qimmatli ne’matning qadriga yetmaymiz, uvol, isrof qilaveramiz. Xolbuki, hali-hamon toza ichimlik suv kirib bormagan xonadonlar bor.
Suv nechog‘lik qimmatli bo‘lsa, uni keltirganning xizmati ham ana shunday qiymatga ega. Zero, xalqimizda “Suv keltirgan elda aziz” deb bekorga aytilmagan. Sho‘rchi tumanidagi “Baxshtepa” mahallasining Yashnabod ko‘chasidan 180 metrlik chuqur qazildi. Natijada, toza ichimlik suvi chiqdi. Bundan ko‘p sonli aholi juda mamnun.
Suv chiqishida muhim ahamiyat kasb etgan elektr energiyasini tejash maqsadida 40 kilovattli quyosh paneli o‘rnatildi. Ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan 85 nafar fuqaro shu hududdan auksion orqali uzoq muddatga yer maydoni olishgan. 30 yil davomida aholi uchun xizmat qiladigan yer maydonidan sifatli va mo‘l hosil olishda ham biz chiqargan ushbu suv foyda keltiradi.
Albatta, yer maydonidan serhosil daromad olishda suvning ahamiyati beqiyosdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun