Boshqarma boshlig‘i xorijiy til bilimdonlari bilan uchrashdi

Date:

Denov tumanidagi 74-umumta’lim maktabi jamoasi Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etib, “Xorijga sayohat” yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 70 nafar tanlov ishtirokchilari orasida jamoa a’zosi Mirabror Rajabboyev “The best speaker” deb topildi va tanlov tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ushbu bilimdon o‘quvchilar bilan uchrashdi. Ularni muvaffaqiyat bilan qutladi. O‘quvchilar bilan bo‘lgan samimiy muloqot davomida boshqarma boshlig‘i o‘g‘il-qizlarning kelajakdagi orzu-maqsadlari bilan qiziqdi. Yoshlarga bugungi imkoniyatlardan keng foydalanib, porloq istiqbol sari dadil qadam tashlash borasida fikr bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun