Yer olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Date:

Yer davlatniki. Undan foydalanmoqchi yoki egalik qilmoqchi bo‘lgan borki, auksion orqali sotib olishi yoki ma’lum muddatga ijaraga olishi mumkin. Afsuski buni bilmagan ba’zi fuqarolar kimgadir pora berishni, noqonuniy yo‘llar bilan egalik qilishni maqsad qiladi. Natijada esa yer ham, puli ham havoga sovriladi. Orzu va maqsadi esa chippakka chiqadi. Shu sababdan ham huquqiy savodimizni oshirishimiz, amalga oshirilayotgan islohotlar qabul qilinayotgan qonunchilikdan xabardor bo‘lib borishimiz lozim.
Aks holda aldanib qolish hech gap emas. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.K. fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, Qumqo‘rg‘on tumani hududidagi 1 gektar yaylov yer maydonini tanishlari yordamida uning nomiga hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 125 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun