Qurilish loyihalari bilan tanishildi

Date:

“Tashabbusli byudjet” loyihasi shart-sharoit va imkoniyat yaratishda munosib qo‘llab-quvvatlovchi loyiha sanaladi. Loyihasi g‘olib chiqib, uni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratildi bo‘ldi emas, uni qanday sarflanishi, to‘g‘ri yo‘naltirilishi ham nazorat qilinadi. Joriy haftaning birinchi kunida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsiya dasturi va “Tashabbusli byudjet” loyihalarining ijrosi, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy soha obyektlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga tashrif buyurdi.
Viloyat rahbari dastlab, Qumqo‘rg‘on tumani “Uyas” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-595 “Surxon-Jaloir-Dushanbe-Termiz-Kakaydi-Lalmikor” avtomobil yo‘lining 4 kilometr qismini asfaltlash ishlari bilan tanishdi. Mahalla nuroniylari va faollari bilan suhbat qilindi. Mahalla obodligi va aholi turmush farovonligi uchun amalga oshirilgan ishlardan minnatdor bo‘lgan nuroniylar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini so‘rab duoga qo‘l ochdi. Viloyat hokimi qurilish ishlarida faollik ko‘rsatgan bir guruh yo‘lsozlarga sovg‘alar topshirdi. Shuningdek, ushbu mahallada joylashgan 10-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, 2024-yilgi investitsiya dasturiga asosan qariyb 6,8 milliard so‘mlik loyiha evaziga mukammal ta’mirlanayotgan 9-sonli maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Yakuniy pardozlash ishlari olib borilayotgan 840 o‘rinli o‘quv binosini yangi o‘quv yili boshlangunga qadar foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yildi. Mas’ullarga tumandagi barcha maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash topshirig‘i berildi.


Viloyat rahbarining hududlarga tashrifi Sho‘rchi tumanida davom etdi. Tumanga tashrifning ilk manzilida “Oynako‘l” mahallasida joylashgan 22-sonli maktabning 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi. Ushbu loyiha ham joriy yilgi investitsiya dasturiga asosan amalga oshirilayotgan bo‘lib, qariyb 4,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirda 3 qavatli o‘quv binosining uchinchi qavatini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyat rahbari maktab qurilishi bilan tanishuvdan so‘ng, mahalla aholisining murojaatlarini tingladi. Yo‘l, ichimlik suvi va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash, davolanish uchun ko‘mak ko‘rsatish kabi masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
Keyingi manzilda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida yo‘llarni ta’mirlash taklifi bilan g‘olib bo‘lgan “Baxshtepa” mahallasida bo‘lindi. Loyiha doirasida mahalladagi 25 ta ko‘chaning 22 tasi asfaltlangan. Viloyat rahbari mahalla aholisining hamjihatligi ortidan hudud infratuzilmasi yaxshilanganini ta’kidladi.
Viloyat rahbari “Baxshtepa-1” mahallasining Yangiyer qishlog‘ida barpo etilayotgan 330 o‘rinli yangi umumta’lim maktabi qurilishi bilan ham tanishdi. Loyiha qiymati 13,5 milliard so‘mni tashkil etuvchi maktab qurilishi ham joriy yilgi investitsiya davlat dasturi orqali amalga oshirilmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, yangi maktabni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan vaziflar belgilandi.
Tashrif yakunida Bo‘ston mahallasida umumiy qiymati 12,9 milliard so‘m bo‘lgan 990 o‘rinli maktabning o‘quv binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi. Shu yerning o‘zida shahar va tumanlar hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va pudratchilar bilan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, viloyatda xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, oilalarda ma’naviy muhitni yaxshilash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha shahar va tumanlar hokimlarining xotin-qizlar masalalariga mas’ul o‘rinbosarlari bilan muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda yangi vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanparvarlik vujudimizda

Vatanni sevish — inson tug‘ilganidan onasini yaxshi ko‘rish, o‘z...

“QALQON” HARBIY QISMDA

Termiz davlat universiteti volontyor talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi...

Talablar o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida Umra tadbirlarini tashkil etish va...

Statistika agentligi ISO 9001 xalqaro sertifikatini oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan...
KunTun
KunTun