Uzunda Mustaqillik shodiyonasi

Date:

Mustaqillik, hurlik shunday tushunchaki, uni his etish insonga bir olam zavq bag‘ishlaydi. Ayniqsa, hurlik qadrini erkinligidan cheklangangina yaxshi anglaydi. Ota-bobolarimizning, katta avlod vakillarining ibratli hikoyalari, nasihatlari esa bizga hursizlikning qanday bo‘lishi haqida tasavvur uyg‘otadi. Shu sababdan ham har yili yurtimizda Mustaqilligimiz shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinadi. Bu yil ham yuqoridagi kabi hislatlarni o‘zida mujassam etgan bayram dasturlari viloyatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda boshlab yuborilgan.
O‘zbek xalqining quvonchiga sherik bo‘lish maqsadida mustaqillik bayramimizga ishtirok etish maqsadida qo‘shni Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postida tantanali kutib olindi va tumadagi “Oq ostona bobo” ziyoratgohida bo‘lindi.


Shundan so‘ng, Uzun tumanining markaziy “Turon” o‘yingohida “Bir bo‘lsak, yagona xalqmiz –birlashsak, Vatanmiz” degan ezgu g‘oya asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar, tuman hokimi, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tashkilot va korxona rahbarlari o‘yingohda jam bo‘lishdi.
Bayramni Uzun tumani hokimi Xabibullo Bozorov kirish soʻzi bilan ochdi. Tuman hokimi, oʻz soʻzida “Oʻttiz uchinchi bor qutlanayotgan ushbu bayram, Muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida Yangi Oʻzbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning, erkin va farovon hayot sari intilishimizning tantanasi hamdir” deb, jamiyatda boʻlayotgan ulkan oʻzgarishlarning hayotimizga taʼsiriga loʻnda taʼrif berdi.
Shundan so‘ng, poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar hamda mahalliy ijodkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlarga navbat berildi. Bir so‘z bilan aytganda, uzunliklar bayramni munosib o‘tkazib, sho‘x-shodon navolarga raqsga tushdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun