Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar omili

Date:

Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida «Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar» mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda. Singapurning «Marshall Cavendish Education» tashkiloti hamkorligida maktab direktorlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablar o‘quv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish maqsadida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida kaskad usulida seminar-treninglarning uchinchi bosqichi o‘z ishini boshladi.
Treninglarning maqsadi maktab direktorlarining menejerlikka oid bilim va ko‘nikmalarini, liderlik xususiyatlarini, boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda matematika va tabiiy fan o‘qituvchilarining xalqaro ta’lim dasturlariga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat. Ushbu treninglarda 961 nafar maktab direktori, 1 ming 827 nafar matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi pedagoglar ishtirok etishi maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun