Surxon yoshlari xalqaro qurultoyda

Date:

Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda. Bu borada jannatmakon diyorimiz O‘zbekistonda ham bir qator islohotlar olib borilmoqda. Ushbu fikrlarimga Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yoshlar turizmi” xalqaro III qurultoyi misol bo‘la oladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan qurultoyda mahalliy va xorij davlatlaridan kelgan 1000 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar turli tanlovlarda bellashib, o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. Besh kun davomida bo‘lib o‘tgan xalqaro qurultoyda Surxondaryo viloyatidan ham faol yoshlar o‘zlarining turizm va ekologiya yo‘nalishiga oid loyihalari bilan ishtirok etdi. Qator tanlovlarda faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, badminton sport turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida 1-, volleybol bo‘yicha bolalar o‘rtasida 1-o‘rinlarga munosib ko‘rildi. Umumjamoa hisobida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng ko‘p o‘rin egallagani uchun birinchi o‘rinni egalladi.
Mana shunday tadbir va tanlovlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga oid yangi g‘oya va loyihalar yaratishga, bu boradagi muammolarga samarali yechim izlashda yoshlarning faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Nozima Xurramova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Barqaror rivojlanish sari amaliy qadamlar

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, ekologik...

Ta’lim sifati xalqaro mezonlar asosida baholanmoqda

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning nufuzli ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi...

Kelajak egalari e’tibor markazida

Angor tumanida “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida...

Xizmat sifatiga yangi talablar

O‘zbekistonda bankomatlar orqali naqd pul yechish jarayonidagi texnik nosozliklar...
KunTun
KunTun